Sayt va dastur test rejimida işlamoqda. Qayta aloqa uçun tel: +99877-273-99-77, email: info@qd.uz

Maxfiylik siyosati

qd.uz foydalanuvçilarining şaxsga doir ma'lumotlarini qayta işlaş tartibi. Tahrir 1, 17.10.2026.

1. Umumiy qoidalar

1.1. Siyosat «Şaxsga doir ma'lumotlar tóǵrisida»gi Ózbekiston Respublikasi Qonuni (2019-yil 2-iyuldagi ÓRQ-547-son) va boşqa qonun hujjatlariga muvofiq işlab çiqilgan.

1.2. Şaxsga doir ma'lumotlar mulkdori va operatori - KURBANOV ILHOMJON URMANOVICH (STIR 478876923, manzil: Toshkent sh. Yakkasaroy tumani, 116-uy; bundan keyin - «Operator»).

1.3. Róyxatdan ótişda yoki kabinetda «Roziman» tugmasini bosib, foydalanuvçi ushbu Siyosatda kórsatilgan maqsad va usullarda óz şaxsga doir ma'lumotlarini qayta işlaşga rozilik beradi. Rozilik berilgan sana, vaqt va hujjat tahriri Operatorning ma'lumotlar bazasida saqlanadi.

2. Qanday ma'lumotlar qayta işlanadi

3. Qayta işlaş maqsadlari

4. Saqlaş va himoya

4.1. «Şaxsga doir ma'lumotlar tóǵrisida»gi Qonunning 27¹-moddasiga muvofiq Ózbekiston Respublikasi fuqarolarining şaxsga doir ma'lumotlari Ózbekiston hududida joylaşgan serverlarda saqlanadi va qayta işlanadi.

4.2. Parollar va tasdiqlaş kodlari faqat xeş kórinişida saqlanadi; ulanişlar HTTPS orqali şifrlanadi; ma'lumotlar bazasiga kiriş huquqi çeklangan; har kuni zaxira nusxa olinadi.

4.3. Saqlaş muddatlari: hisob ma'lumotlari - hisob óçirilgunça va undan keyin qonunçilikda talab qilingan muddat; kliklarning batafsil yozuvlari - sozlamalarda belgilangan oylar (standart 12 oy), umumlaştirilgan statistika - hisob amal qilguncha; tólov hujjatlari - buxgalteriya hisobi tóǵrisidagi qonunçilikda belgilangan muddat; texnik loglar - 90 kungaça.

5. Uçinçi şaxslarga beriş

5.1. Ma'lumotlar sotilmaydi. Ular faqat xizmat kórsatiş uçun zarur hajmda quyidagilarga berilişi mumkin: e-mail xatlarni yetkaziş provayderi, SMS-şlyuz, Telegram (foydalanuvçi botni ulagan bólsa), Paynet (tólovni tekşiriş), xostinq provayderi.

5.2. E-mail va Telegram xabarlari Ózbekistondan taşqaridagi serverlar orqali ótişi mumkin; bunda faqat xabarning ózi (manzil va matn) uzatiladi. Foydalanuvçi bunga ushbu Siyosatni qabul qiliş orqali rozilik beradi.

5.3. Qonunda nazarda tutilgan hollarda ma'lumotlar vakolatli davlat organlariga ularning asosli sóroviga kóra beriladi.

6. Cookie fayllari

Sayt faqat zarur cookie fayllaridan foydalanadi: sessiya, CSRF himoyasi, «meni eslab qol» va til tanlovi. Reklama va kuzatuv cookie'lari işlatilmaydi.

7. Foydalanuvçining huquqlari

Qonunga muvofiq foydalanuvçi:

Murojaatlar info@qd.uz manziliga yuboriladi va qonunda belgilangan muddatda, ammo 10 iş kunidan keçiktirmay kórib çiqiladi.

8. Yakuniy qoidalar

8.1. Siyosat ózgarsa, yangi tahrir saytda e'lon qilinadi va foydalanuvçidan qayta rozilik sóraladi; rozilik berilmaguniça kabinet funksiyalari vaqtinça yopiladi.

8.2. Operator bilan aloqa: info@qd.uz, +99877-273-99-77.

Ommaviy oferta · Bosh sahifa

Saytda xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+I (macOS: ⌘+I) tugmalarini bosing - xabar bizga yetib keladi.