Sayt va dastur test rejimida işlamoqda. Qayta aloqa uçun tel: +99877-273-99-77, email: info@qd.uz

Ommaviy oferta

qd.uz xizmatlaridan foydalaniş şartnomasi. Tahrir 1, 17.10.2026.

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu hujjat KURBANOV ILHOMJON URMANOVICH (STIR 478876923, manzil: Toshkent sh. Yakkasaroy tumani, 116-uy; bundan keyin - «Ijroçi») tomonidan qd.uz sayti va unga boǵliq Telegram bot orqali kórsatiladigan xizmatlardan foydalaniş şartlarini belgilaydi.

1.2. Hujjat Ózbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi: unda belgilangan şartlarni qabul qilgan har qanday muomalaga layoqatli şaxs bilan şartnoma tuziladi.

1.3. Ofertaning aksepti (tóliq va sózsiz qabul qilinişi) - róyxatdan ótiş formasida «Ommaviy oferta va Maxfiylik siyosatiga roziman» belgisini qóyiş yoki kabinetda «Roziman» tugmasini bosiş. Aksept qilingan sana va vaqt Ijroçining ma'lumotlar bazasida saqlanadi va şartnoma tuzilganini tasdiqlaydi. Elektron şaklda tuzilgan şartnoma «Elektron tijorat tóǵrisida»gi Qonunga muvofiq yozma şakldagi şartnomaga tenglaştiriladi.

1.4. Foydalanuvçi - 18 yoşga tólgan, ofertani aksept qilgan jismoniy şaxs yoki yuridik şaxs vakili.

2. Xizmatlar

2.1. Ijroçi quyidagi xizmatlarni kórsatadi:

2.2. Domen ma'lumotlari ommaviy manbalardan olinadi va ma'lumot tariqasida beriladi. Ijroçi domenlarni róyxatdan ótkazmaydi va registrator hisoblanmaydi; domen bóşaşi yoki uni róyxatdan ótkaziş imkoni kafolatlanmaydi.

2.3. Xizmatlar tarkibi, narxlari va muddatlari saytda e'lon qilinadi. Pullik xizmatlar narxi tanlangan paytdagi tarif bóyiça hisoblanadi.

3. Hisob-kitob tartibi

3.1. Pullik xizmatlar foydalanuvçining içki balansidan óz-ózidan yeçiladi. Balans Paynet orqali tóldiriladi; mablaǵ Ijroçi tólovni tasdiqlaganidan keyin balansga tuşadi.

3.2. Narxlar Ózbekiston sómida kórsatiladi. Oldindan tólangan muddat uçun çegirmalar saytdagi tariflarda kórsatilgan.

3.3. Kórsatilgan xizmat (band qilingan qisqa link muddati, obuna davri) uçun tólangan mablaǵ, agar qonunçilikda boşqaça belgilanmagan bólsa, qaytarilmaydi. Xizmat Ijroçi aybi bilan kórsatilmasa, foydalanuvçi murojaati asosida tegişli summa balansga qaytariladi.

3.4. Balansdagi işlatilmagan mablaǵni qaytariş foydalanuvçining yozma murojaati asosida, tólov amalga oşirilgan usulga, 10 iş kuni içida amalga oşiriladi.

4. Taraflarning huquq va majburiyatlari

4.1. Foydalanuvçi:

4.2. Ijroçi:

5. Javobgarlik

5.1. Taraflar majburiyatlarni bajarmaganlik uçun Ózbekiston Respublikasi qonunçiligiga muvofiq javob beradi.

5.2. Ijroçining javobgarligi foydalanuvçi tegişli xizmat uçun oxirgi 3 oyda tólagan summa bilan çeklanadi. Ijroçi bilvosita zarar va boy berilgan foyda uçun javob bermaydi.

5.3. Qisqa link yónaltirgan sahifa mazmuni uçun linkni yaratgan foydalanuvçi javob beradi.

5.4. Taraflar fors-major (yengib bólmaydigan kuç) holatlarida javobgarlikdan ozod qilinadi.

6. Nizolarni hal qiliş

6.1. Nizolar avval muzokaralar orqali hal qilinadi. Murojaat info@qd.uz manziliga yuboriladi va 10 iş kuni içida kórib çiqiladi.

6.2. Kelişuvga erişilmasa, nizo Ózbekiston Respublikasi qonunçiligiga muvofiq Ijroçi joylaşgan yerdagi sudda kórib çiqiladi. Iste'molçilar «Iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş tóǵrisida»gi Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi.

7. Amal qiliş muddati

7.1. Şartnoma aksept qilingan paytdan boşlab kuçga kiradi va muddatsiz amal qiladi.

7.2. Foydalanuvçi istalgan vaqtda hisobini óçirib, şartnomani bekor qiliş huquqiga ega. Bunda 3.3–3.4-bandlar qóllanadi.

8. Ijroçi rekvizitlari

KURBANOV ILHOMJON URMANOVICH
STIR: 478876923
Manzil: Toshkent sh. Yakkasaroy tumani, 116-uy
E-mail: info@qd.uz
Telefon: +99877-273-99-77
Faoliyat turi: Axborotlaştiriş va ma'lumotlarni qayta işlaş xizmatlari
Ruxsatnoma: ________

Maxfiylik siyosati · Bosh sahifa

Saytda xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+I (macOS: ⌘+I) tugmalarini bosing - xabar bizga yetib keladi.